Soʻnggi yillarda mavjud suv va tabiiy gaz resurslaridan tejamli va samarali foydalanish hamda sohada kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur sohada samarali ish tashkil etish maqsadida Namangan shahar suv taʼminoti MCHJ boʻlimi tasarrufidagi “Kurashxona” suv olish va uzatish inshootida 2023 – 2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha zaxira taʼminoti koʻrib chiqildi.

Батафсил...

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov ishchi guruh hamda “Chorsu” savdo majmuasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha masʼullardan iborat vakillar mazkur hududda boʻlishdi.

Bozor ichi hamda tashqi qismlarida ayrim savdogarlar tomonidan belgilanmagan joylarda sanoat mollari va meva-sabzavot mahsulotlari savdosi bilan savdo-sotiq qilishmoqda.

Батафсил...

Tadbirkorning aholi bilan uchrashuvi

Namangan shahar “Obi hayot” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “ANAMED” tibbiyot markazida muhtaram yurtboshimizning tadbirkorlar bilan uchrashuvlari chogʻida belgilab bergan vazifalari, tadbirkorlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar, MFY hududidagi yoshlar, xotin-qizlar hamda kichik tadbirkorlarga yetkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Namangan shahar “Obi hayot” mahallasida joylashgan “ANAMED” tibbiyot markazi rahbari Nosirbek Abdullaxanov bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Батафсил...

Namangan shahridagi soy va kanallar qirgʻoqlarini obodonlashtirish, xiyobon-yoʻlkalarga aylantirish boʻyicha keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Shahrimizdagi soy va kanallarning umumiy hisobda 14 km. soy va kanallar qirgʻoqlari obodonlashtirilib, xiyobon-yoʻlkalarga aylantirildi. Soy boʻyi atroflaridagi belgilangan hududlarda bunyod etilgan sogʻlomlashtirish yoʻlaklari aholi xizmatida.

Батафсил...

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov boshchiligidagi ishchi guruh, shahar obodonlashtirish boshqarmasi, qurilish boʻlimi rahbarlari hamrohligida “Obi hayot” mahallasi hududi boʻylab ijtimoiy holat oʻrganildi.

Mazkur mahalla hududi shaharning soʻlim goʻshalaridan hisoblanadi. Mahalla hududidan oʻtgan “Yangi ariq” nomi bilan ataluvchi anhor boʻylari keyingi paytda obodonlashtirilib, katta mablagʻ evaziga betonlashtirish, qirgʻoqlariga manzarali temir panjara-toʻsiqlar oʻrnatilib, inson havasi keladigan yumushlari bajarildi.

Батафсил...

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov “Yangi qurilish” MFYda 30 nafarga yaqin yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Батафсил...