Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov boshchiligidagi ishchi guruh, shahar obodonlashtirish boshqarmasi, qurilish boʻlimi rahbarlari hamrohligida “Obi hayot” mahallasi hududi boʻylab ijtimoiy holat oʻrganildi.

Mazkur mahalla hududi shaharning soʻlim goʻshalaridan hisoblanadi. Mahalla hududidan oʻtgan “Yangi ariq” nomi bilan ataluvchi anhor boʻylari keyingi paytda obodonlashtirilib, katta mablagʻ evaziga betonlashtirish, qirgʻoqlariga manzarali temir panjara-toʻsiqlar oʻrnatilib, inson havasi keladigan yumushlari bajarildi.

Bu esa shahrimiz hududidan oʻtgan suv yoʻllariga eʼtiborning yana bir namunasi.

Mahallada mahalliy aholi bilan hamnafaslikda turli millat vakillari tinch-totuvlikda umrguzaronlik qilishmoqda.

Ayniqsa, anhor boʻyida aholi uchun tashkil etilgan shinam maydonchalarda  sport mashgʻulotlari bilan mashgʻul.

Shahar rahbari mahalladagi nuroniy va keksalar hamda yoʻlovchilar bilan suhbatdan shu narsa maʼlum boʻldiki shahardagi obodlik, koʻkalamzorlashtirish, hatto mahallarning ichki yoʻllari ham ravon holga keltirilib, asfalt yotqizish ishlaridan mamnunliklarini izhor etishib, samimiy muloqot boʻldi.

Shu jumladan, mutasaddi va masʼullarga hududda obonchilikka, koʻkalamzorlashtirish yumushlari qatʼiy nazoratga olinishi taʼkidladi.

Anhor boʻyilarini ozoda, toza va chiqindilardan holi hudud maqomiga ega boʻlishini, bunda aholi vakillari ham masʼul ekanliklarini aytdi, bu xususda muhim topshiriqlarni berdi.