Namangan shahrining barcha mahallalarida bugun Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish aksiyasi uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.
Bugun 1-sektor hududidagi “Sumalak guzari” mahallasida oʻtkazilgan tadbirida Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov, yoshlar va mahalla faollari ishtirokida 200 ga yaqin manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi daraxt ekish aksiyasi tashkilot, muassasalar, mahalla va ijtimoiy soha obyektlarida koʻtarinkilik bilan davom ettirilmoqda.