Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qurilish-rekonstruksiya qilish ishlarini oʻrganish maqsadida shahar markaziy shifoxonasida boʻldi.
Ushbu shahar markaziy shifoxonasi 210 oʻringa moʻljallangan boʻlib, hozirda DXSH asosida kuz-qish mavsumiga tayyorlash, isitish tizimlarini yangilash, yangi tejamkor isitish qozonlari oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.
Tibbiyot muassasasida boʻlgan viloyat rahbari bu yerdagi shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qurilish ishlari va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish jarayonlarini koʻzdan kechirdi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni tez fursatda bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.
Namangan shahar hokimligi