Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Navbahor” markaziy oʻyingohining anjumanlar zalida, oʻtkazilishi rejalashtirilgan Osiyo Chempionlar Ligasi oʻyinlarini, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) talablari boʻyicha yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Unda Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Botirjon Nuritdinov, Namangan shahar hokimi Gʻofurjon Djamalov hamda Markaziy “Navbahor” oʻyingohi, “Navbahor” PFK rahbariyati va tadbirni yuqori saviyada oʻtkazilishiga masʼul tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda Professional Futbol Ligasi (Oʻzbekiston PFL) nizomidan kelib chiqib “Navbahor” PFK oʻyinlariga oid masalalarni hal etish, viloyatimizga tashrif buyurgan futbol jamoalari tantanali kutib olish, tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda va ularning atrof-hududlarida jamoat tartibini saqlash, stadionni internet tarmogʻi bilan taʼminlash hamda zaruriy tibbiy anjomlar, dori vositalari va tez tibbiy yordam brigadasi va avtomashinalar navbatchiligini tashkillash boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi.
Yigʻilishi soʻngida barcha koʻtarilgan masalalarni oʻz muddatida bajarilishi va uni doimiy nazoratga olinib, ishlarni nazorati boʻyicha ishchi guruh shtabi tashkil etildi.