Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi ellik uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi Gʻofirjon Djamalov raisligida oʻtkazilgan sessiyada shahar hokimining oʻrinbosarlari va maslahatchilari, boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalovning kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish va unga puxta tayyorgarlik koʻrish  boʻyicha murojati, Namangan shahar hokimining oʻrinbosari, Investisiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Muzaffar Axmedjanovning 2023-yil davomida Namangan shahrida ekaport koʻrsatkichlarini bajarilishi boʻyicha hisobotlari tinglandi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.