Namangan shahrida zamonaviy bolalar bogʻchasi foydalanishga topshirildi

“Maʼrifat”  mahallasida barcha sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy 400 oʻrinli 30-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz bagʻrini ochdi.

Tadbirda Namangan viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻulomjon Murodxodjayev, shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov, sektor rahbarlari va nuroniylar ishtirok etishdi.

Ushbu maskan davlat rahbarining maxsus qarori asosida jami 6 mlrd. 448 mln.soʻm mablagʻ evaziga “Istiqlol javohiri” MCHJ tomonidan bunyod etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi ayyomi  munosabati bilan foydalanishga topshirildi.

Tantanali marosimda soʻz olgan Gʻulomjon Murodxodjayev Namangan shahrida olib borilayotgan bunyodkorliklar ishlari, yangi loyihalar asosida barcha sohalarni rivojlantirish boʻyicha boshlangan xayrli ishlarga toʻxtaldi. Bugun bolajonlarimiz uchun munosib tuhfa boʻlgan binoda ertamiz egalari chuqur taʼlim-tarbiya olishi, yurt taraqqiyotiga, iqtisodiyotiga hissa qoʻshadigan barkamol avlodlar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.