Namangan shahrida joylashgan koʻp qavatli turar-joy binolarini taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov Navoiy koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarda olib borilayotgan mavsumga tayyorgarlik, obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, aholi vakillari bilan ham muloqot qildi.

Ayni paytda ushbu hududdagi uylarni qish mavsumiga tayyorlash, aholini qiynayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hududda boʻlgan shahar hokimi boshlangan ishlarni yakuniga yetkazib, navbati bilan ushbu hududdagi barcha uylarni tom qismi hamda kommunikatsiya tarmoqlarini taʼmirlash, kirish yoʻlaklarini zamonaviy xolga keltirish, yangi eshiklar oʻrnatish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq berdi.