Namangan shahar hokimining navbatdagi sayyor qabuli Yangi hayot mahallasida boʻlib oʻtdi

Namangan shahar hokimi Gʻofurjon Djamalov “Yangi hayot” mahallasi hududida joylashgan 14-maktabda navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi.

Shu kun qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan, toza ichimlik suvi, kredit, moddiy yordam olish, yer munosabatlari, tibbiy xizmat, ish bilan taʼminlanish bilan bogʻliq 50 ga yaqin bildirilgan masalalar shahar hokimi hamda ishchi guruh tomonidan diqqat bilan tinglanib masʼullarga hal etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Alohida muddat va oʻrganish talab etiladigan murojaatlar tegishliligi boʻyicha mutasaddi idoralar rahbarlariga biriktirilib ijrosi nazoratga olindi.