Jaholatga qarshi maʼrifat tadbirlari

Namangan Pedagogika institutini majlislar zalida talabalar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, yoshlar oʻrtasida radikalizm, diniy mutaassiblik va noqonuniy diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolish, shuningdek, jinoyatchilik holatlarini oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Oʻtkazilgan tadbirda talabalarni boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi, hozirgi kunda mavjud noqonuniy diniy tashkilotlar va missionerlik harakatlari taʼsiriga tushib qolish holatlarining oldini olish mavzularida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.