Namangan yana bir Xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi

Xalqaro Gullar va Asal festivallari qatoriga Zotdor chorva hayvonlari va parrandalari Xalqaro koʻrgazmasi qoʻshildi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov 22-noyabr kuni oʻtkaziladigan mazkur 1-xalqaro festivalga hozirlik ishlarini koʻzdan kechirdi.

Yangi Namangan tumanining “Yoshlik baraka” chorva hayvonlari bozorida ushbu tadbirga katta tayyorgarlik koʻrilmoqda. Unda chorvachilik va parrandachilik sohasida faoliyat olib boruvchi 250 nafardan ortiq mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, xalqaro ekspertlar ishtirok etishadi.

Tayyorgarlik ishlarini yakunlash, uni yuqori saviyada va koʻtarinkilik bilan oʻtkazish boʻyicha kerakli koʻrsatmalar berildi.

Ushbu Xalqaro tadbir Namangan turizm salohiyatini ortishiga xizmat qiladi