Kuz-qish mavsumiga hozirlik ishlari davom etmoqda

Bugun erta tongdan Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumani kuz-qish shtabi ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda koʻp qavatli uy-joylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini mavsumga tayyorlash, sovuq kunlarda aholiga sifatli kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha shtab tomonidan qilingan ishlar tahlil etilib, galdagi vazifalar belgilab berildi.

Jarayonda mutasaddilarga har bir ish puxta oʻrganilib, zaruriy choralar koʻrilishi hamda hududlardan kelib tushgan murojaat va shikoyatlarni hal etishga masʼuliyat bilan yondashish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun, kuz-qish shtabi tun-u kun, uzluksiz ishlaydi hamda joylardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.