“Jaholatga qarshi maʼrifat”, “Shukronalik” va “Tinchlikni qadri” mavzusidagi targʻibot tadbirlari

Ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish yuzasidan Jaholatga qarshi maʼrifat“, ”Shukronalik“ va ”Tinchlikni qadri“ mavzularida ochiq muloqotlar oʻtkazib kelinmoqda.

Namangan shahrida joylashgan 24-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi majlislar zalida mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda dunyo davlatlari miqyosida tobora avj olib borayotgan globallashuv jarayonlari, ”ommaviy madaniyat" va uning yoshlar ongiga salbiy taʼsirlari, xususan, yoshlar oʻrtasida turli noqonuniy diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolish holatlarini oldini olish, uyali aloqa vositalari orqali tarqatilayotgan noxolis axborotlar, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, axborotlashib borayotgan zamonda loqaydlikka berilmaslik masalalarida davra suhbati boʻlib oʻtdi.