Namanganda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish aksiyasi davom etmoqda

Namangan viloyatining barcha mahallalarida bugun Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish aksiyasi uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Bugun Namangan shahrining “Qadamjoy” mahallasi hududida oʻtkazilgan daraxt ekish tadbirida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov, sektor rahbarlari, nuroniy va yoshlar va mahalla faollari ishtirok etishdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi daraxt ekish aksiyasi tashkilot, muassasalar, mahalla va ijtimoiy soha obyektlarida koʻtarinkilik bilan davom ettirilmoqda.

Namangan shahar hokimligi