Namangan shahrining Uychi koʻchasida qurilish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda

Bugun Namanganda shaharsozlik jarayonlari avjida. Kundan kunga chiroy ochib, qad rostlayotgan osmonoʻpar turar-joy binolari, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shohobchalari bunga yaqqol misoldir.

Uychi koʻchasining 3,6 kilometr qismida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hududda 20 ga yaqin koʻp qavatli uylar qurilishi davom etmoqda, aksariyati foydalanishga topshirilib, xonadon egalari ixtiyoriga berilgan.

Viloyat hokimi qurilish ishlarini jadallashtirish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berdi. Hudud uchun taklif etilayotgan yangi loyihalar bilan tanishildi.

Namangan shahar hokimligi