Namangan shahridagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini koʻzdan kechirildi

Ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida muassasalar davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida modernizatsiya qilinmoqda.

Bugun Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov Namangan shahridagi 43 va 25- oʻrta taʼlim maktablarida boʻlib, ushbu taʼlim dargohida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish hamda muassasalarning issiqlik tizimini taʼmirlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, maktabda tahsil olayotgan oʻquvchi yoshlar va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdi.

Oʻrganishlar davomida qozonxonalarni modernizatsiya qilish ishlarini jadallashtirish kerakligi, oʻquvchilarni sifatli taʼlim olishlari uchun barcha choralarni koʻrish boʻyicha mutasaddilarga qatʼiy koʻrsatmalar berildi.

Maʼlumot oʻrnida, Namangan shahridagi 72 ta ijtimoiy soha obyektlari, DXSH asosida “Umumbarakasavdoinvest” MCHJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda.