Gʻofirjon Djamalov Koʻzi ojizlar yashayotgan “Sharshara” mahallasini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini koʻzdan kechirdi

Namangan shahrining “Sharshara” mahallasida Koʻzi ojizlar jamiyati boʻlib unga yondosh “Maʼrifat” koʻchasida koʻzi ojiz fuqarolar istiqomat qiladi.

Bugun Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov boshchiligidagi ishchi guruh ushbu “Maʼrifat” koʻchasida koʻzi ojiz fuqarolar istiqomat qiladigan xonadonlarda boʻlib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrganishdi.

Ushbu mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarini fikr mulohazalarini tinglagan shahar hokimi xonadonlarga kirib aholining yashash sharoiti bilan tanishdi. Muammo va kamchiliklari aniqlangan xonadonlarni tegishli mutasaddilarga biriktirilib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.