Viloyat delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda

Namangan viloyat hokimining oʻrinbosari B.Nuritdinov boshchiligidagi delegatsiya Kangvondo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu yerda gubernatorning moliya-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari Chong Kvang Yol bilan muzokaralar oʻtkazildi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, turizm, taʼlim tibbiyot sohalarida hamkorlik oʻrnatish boʻyicha kelishib olindi. Shuningdek, Chunson shahar hokimi Yuk Dang Xak bilan ham uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Namangan shahri bilan Chunchon oʻrtasida Qardosh shaharlar munosabatlarini oʻrnatishga kelishib olindi.

Tashrif davomida Songok Universiteti faoliyati bilan ham tanishildi. Namanganda faoliyat olib borayotgan Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 2+2 hamda 3+1 dasturi asosida, oʻqituvchilar tajriba almashish va boshqa yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuv imzolandi. Ushbu shaharda faoliyat olib borayotgan innovatsion Bio sanoat rivojlantirish agentligi, qishloq xoʻjalik texnologiya markazi, IT, farmatsevtika hamda kosmetologiya sohasidagi kompaniyalar faoliyati oʻrganildi, ular bilan hamkorliklarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.

Delegatsiya tashrifi davom etmoqda.