Najot taʼlimda! Taqdirimiz, kelajagimiz muallimlar qoʻlida!

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov 1- sektor hududida joylashgan 16-sonli maktab oʻqituvchilari bilan uchrashdi.

Shahar hokimi taʼlim maskani fidoyilari bilan muloqot oʻtkazdi va kelajak avlod taʼlim tarbiyasi borasida barcha sharoitlarni yaratish boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

- Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlab oʻtganlaridek - taraqqiyotimiz, kelajagimiz aynan sizlar, yoshlarga berayotgan taʼlimingiz bilan bogʻliq! - dedi Gʻofirjon Djamalov.

Uchrashuvda maktabga birinchi darajali masala deb qarash lozimligi, maktab – faqatgina taʼlim beradigan maskan emas, barchamiz uchun yuksak maʼnaviyat beshigi, farzandlarimizni bolalikdan boshlab kasbga oʻrgatuvchi dargohga aylanishi zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, shahar hokimi mahalladagi hokim yordamchilari bilan maktablarda innovatsion qadamlarni tashlash boʻyicha, sport, madaniyat va boshqa sohalarda yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha, ularning ish faoliyati, ish rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Namangan shahar hokimligi axborot xizmati