Shahrimizning Uychi koʻchasida qurilish, bunyodkorlik ishlari keng koʻlamda olib borilmoqda

Shahrimizning asosiy markaziy koʻchasi boʻlmish ushbu  Uychi koʻchasida koʻp qavatli imoratlar zamonaviy  arxitektura loyihalari asosida qurilmoqda.  

Yaqin vaqt ichida mazkur hududdagi ayrim koʻp qavatli uylarning qurilishi uchun asosiy qismidagi ishlar bilan tanishildi. Bu yerdagi eski hovli-joylarning oʻrnini tekislash ishlari olib borilib qurilishga tayyorlanmoqda. 

Shahar hokimi markaziy koʻchadagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, buzilishi koʻzda tutilgan xonadon egalari bilan birma-bir suhbatlashdi, masʼul mutasaddilarga topshiriq berib, tez va sifatli bajarilishini yana bir taʼkidladi.

Namangan shahar hokimligi axborot xizmati