Namangan shahri, Uychi koʻchasining Madaniy maorif MFY hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Namangan shahrining asosiy koʻchalaridan biri boʻlgan Uychi koʻchasining 3.6 kilometrlik qismida qurilish bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Hududda boʻlgan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov qurilish ishlari bilan tanishdi. U yerdagi obodonlashtirish ishlarini alohida koʻzdan kechirdi. Quruvchilar hamda bu yerda istiqomat qilayotgan aholi vakillari bilan muloqot qildi.

Ushbu koʻchada amalga oshirilishi reja qilingan yangi loyihalar borasida fikr almashildi. Ishlar yanada jadal borishi uchun tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

 Namangan shahar hokimligi axborot xizmati