Hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalovning navbatdagi yoshlar bilan uchrashuvi Gʻishtkoʻprik mahallasida boʻlib oʻtdi.

Muloqotda shahar hokimi yoshlarni ish bilan taʼminlash, oʻquv kurslarida taʼlim olish uchun koʻmak berish, dastlabki ishlarini yoʻlga qoʻyish uchun kam foizli kredit, moddiy yordam olish masalalar boʻyicha murojaatlarini tingladi.

Gʻofirjon Djamalov yoshlarning har biri bilan suhbatlasharkan, inson hayoti davomida faqat muvaffaqiyatlarga intilib, yaxshi orzu-niyatlarga yetish uchun mehnat qilib yashashi kerakligini tushuntirdi. Davlatimiz tomonidan ularga berilayotgan eʼtiborhaqida toʻxtaldi.

Uchrashuvda yoshlar murojaatlarining 10 ga yaqini shu yerning oʻzida hal etilib, vaqt talab qiladigan murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar belgilab berildi.