Namangan shahar hokimi “Hamroh” koʻchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Ayni paytda hududda koʻp qavatli uylar qurilishi davom etmoqda. Aholiga savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, binolari ham kundan kun ortib bormoqda.

Hududdagi ishlar bilan tanishgan shahar hokimi, ushbu hududida loyiha qiymati 30 mlrd.soʻm boʻlgan, “KORMEDFAYZ” diagnostika va davolash markazi qurilishi jarayoni bilan ham tanishdi. U yerda loyiha tashabbuskorlari boʻlgan tadbirkor hamda quruvchilar bilan muloqot qildi. Ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berildi.

Barpo boʻlayotgan bunday zamonaviy shifo muassasalari yangi ish oʻrinlari vujudga keltirilishida va aholi salomatligi borasida samarali xizmat qilishi shubhasiz.