Obihayot mahallasida kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov boshchiligidagi ishchi guruh “Obihayot” MFY hududida olib borilayotgan koʻrilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

Aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida, Namangan elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan ushbu mahallada mukammal va joriy taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.

Xususan, “Obihayot” mahalla fuqarolar yigʻini hududida 1 ta transformator punktlari hamda 20 dona temir-beton tayanchlar oʻrnatilib, hozirda tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.

Shahar hokimi tarmoq tortish ishlari bilan tanishib, ushbu mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarning taklif va murojaatlarini tingladi.