KOʻCHA, XIYOBONLAR ATROFI TOZALANMOQDA

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov boshchiligidagi ishchi guruh “Lola” mahalla masʼullari ishtirokida “Jahon bozori” roʻparasidagi hududning ijtimoiy holati oʻrganildi.

Boshqa joylarda kuzatilgani kabi mazkur hududda ham amaldagi tartibga koʻra tadbirkorlar tomonidan bir necha savdo va xizmat koʻrsatish, ovqatlanish shoxobchalari ixtiyoridagi noqonuniy qurilma belgilangan oʻlchamdan chetga chiqilgan holatlari aniqlandi.

Bunday oʻzboshimchalik holatlari noqonuniyligi, qolaversa, fuqarolar huquqlari buzilishiga olib keladi.

Aynan mana shu boradagi oʻziboʻlarchilik faoliyati bilan qurilgan bino, inshootlar, temir konstruksiyalari “naves”larni oldirish yuzasidan harakatlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga katta yoʻl koʻchalari, xiyobonlar, ariqlar tozaligiga, obodonchiligiga muntazam eʼtibor qaratish vazifalari yana bir eslatib oʻtildi.

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshoot majburiy tartibda buzdirildi.