Sardoba” savdo majmuasidan tortib “Isfarxon” super marketi hududi atrofi aholi harakatlanadigan eng gavjum maskanlardan hisoblanadi.

Mazkur hududning ijtimoiy holatini oʻrganish maqsadida Namangan shahar hokimi Gʻofir Djamalov ishchi guruh bilan shu yerda boʻldi.



Bu yedagi yoʻlning ikki tomonini noqonuniy savdo va xizmat koʻrsatish, ruxsat berilmagan yoki belgilanmagan joylarga muzqaymoq, salqin ichimliklar savdosi nuqtalarning pala-partish joylashuvi shahar qiyofasiga, piyodalarning harakatlanishiga noqulaylik keltirib chiqarmoqda.

Namangan shahar hokimi yuqoridagi kabi holatlarga barham berish, hududni har jihatdan tartibga keltirish, piyodalarga qulaylik yaratish boʻyicha hudud masʼullariga keskin talablarni qoʻydi.

Shuningdek, ishchi guruh va masʼullarga hududning doimiy tozaligiga, ayrim savdogarlar tomonidan yuzaga kelayotgan noxush holatlarning oldini olish boʻyicha tushuntirishlar orqali tegishli vazifalarni yukladi.